📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mamlakat Abduvaliyeva Bunyodkor mahallasida navbatdagi xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaat va takliflarini qabul qildi.
❗️Suhbatlar chog‘ida kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
✅ Aholi bilan ochiq muloqot va xonadonbay o‘rganishlar hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.