Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida bildirilgan murojaat asosida deputat so‘rovi Yashnobod tuman elektr tarmoqlari korhonasi rahbariga yuborildi.
🔹 Murojaatda Jo‘rabek mahallasi Obisher ko‘chasida hozirgi kungacha foydalanib kelinayotgan yog‘och elektr ustunlarining texnik holati eskirgani va xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi qayd etilgan.
🔹 Shu munosabat bilan mavjud yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish masalasini joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan. Deputat so‘rovida masalani qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish hamda natijalari yuzasidan yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.
✅ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.