📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ural Muhammadiyev Fidoyilar mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning pod’yezdlarini ko‘zdan kechirdi.
❗️O‘rganish davomida pod’yezdlarning sanitariya holati, tozaligi, umumiy foydalanish joylari va mavjud kamchiliklar o‘rganildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✅Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ko‘p qavatli uylarda yashash sharoitini yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.