📢 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLIK VA HISOBDORLIKNI TA’MINLASH VOSITASI
📌 “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-son bilan qabul qilingan bo‘lib, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
👥 Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, fuqarolar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlari hisoblanadi.
⚖️ Qonunning 5-moddasida belgilangan qonuniylik, ochiqlik, xolislik hamda davlat organlari faoliyatiga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplari jamoatchilik nazoratining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
🏛 Qonunning 4-moddasiga muvofiq, davlat organlarining fuqarolar huquqlarini ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati jamoatchilik nazoratining asosiy obyekti hisoblanadi.
📝 Jamoatchilik nazorati murojaat va so‘rovlar yuborish, ochiq majlislarda ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvlar, monitoring, ekspertiza o‘tkazish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan mansabdor shaxslar hisobotlarini eshitish kabi shakllarda amalga oshiriladi.
✅ Qonunning 17-moddasiga binoan, nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha tayyorlangan bayonnoma yoki xulosalar davlat organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi shart.
🤝 Jamoatchilik nazorati davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash, ochiqlik va hisobdorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.