35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Murojaatlar bilan ishlash sifati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil tomonidan haftalik ish rejaga asosan Madaniyat mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish va muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi faoliyati ham o‘rganib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli yondashish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati va o‘rganish ishlari orqali aholi muammolarini aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2