35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
BOLALAR SHIFOXONASIDAGI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI

 BOLALAR SHIFOXONASIDAGI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Rasta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bolalar shifoxonasida olib borilayotgan kapital
ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlari va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish
ishlari amalga oshirildi.
 

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd 53 mln 586 ming 729 so‘mni tashkil etib, qurilish-montaj ishlari «TEXNO GEO STROY» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. 

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan talablarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli
tavsiyalar berildi hamda loyihaning amalga oshirilishi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5