35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Samandarova Istiqlol mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

💙 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3