35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
#deputat tashabbusi #yettilik

Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Lenura Baydullayeva tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy mahallasida o‘rganish ishlari olib borilgan va hududda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish hamda hududni tartibga keltirish maqsadida, deputat tashabbusi bilan “mahalla yettiligi” hamkorligida keng qamrovli hashar tadbiri tashkil etildi.

🤝 Hamjihatlikdagi ezgu ishlar
Obodonlashtirish va tozalik ishlariga nafaqat mahalla faollari, balki mutasaddi vakillar ham munosib hissa qo‘shishdi. Xususan, ushbu xayrli tashabbusda:
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Faxriddin Matasimov — 1-okrug deputati;
Mukarram Ne’matullayeva — Kotibiyat bosh mutaxassisi faol ishtirok etishdi.

✨ Natija
Birgalikdagi harakatlar va hamjihatlik samarasi o‘laroq, mahalla hududi qisqa fursatda tozalanib, yana-da obod va ko‘rkam qiyofaga kirdi.

“Tozalik va obodonchilik har bir go‘shaga ko‘rk bag‘ishlaydi”. Bu kabi hamkorlikdagi xayrli ishlar shahrimizning barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5