35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
«MIRZO ULUG‘BEK» MAHALLASIDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI BARPO ETILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI 👇👇👇

Yunusobod tumani Kengashi raisi Ravshan Yusupov tashabbusi bilan hamda Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i K.Toshpo’latov bilan hamkorlikda «Mirzo Ulug‘bek» mahallasida barpo etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va sport maydonchalari hududi ko‘zdan kechirildi.

🔎O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, qurilish amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududning mavjud holati, texnik imkoniyatlari hamda loyiha doirasida bajariladigan ishlar muhokama qilindi.

🤝Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun qulay hamda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

✍️O‘rganish yakunida loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda tayyorlash hamda qurilish ishlarini boshlash uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4