35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi

 Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova Maroqanda mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi hisobotini ko‘rib chiqish arafasida murojaatlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla soliq inspektori faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqarolar xonadonlariga borilib, ularning fikr va e'tirozlari tinglandi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida ayrim fuqarolarga hisoblangan yer solig‘i summasida xatoliklar mavjudligi sababli norozilik kelib chiqqani aniqlandi.

Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga qonunchilik talablari asosida choralar ko‘rish hamda fuqarolarning murojaatlarini adolatli hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Har bir murojaat e'tiborda, har bir muammo deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 3