35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda xavfsiz hayot kechirishi uchun mustahkam huquqiy kafolatlarni belgilaydi.

Mazkur Qonunga muvofiq xotin-qizlarning:
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish;
himoya orderini olish;
bepul huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordamdan foydalanish;
tibbiy xizmatlardan foydalanish;
sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligini himoya qilish;
xavfsiz mehnat va ta’lim olish huquqlari kafolatlanadi.

Shuningdek, davlat tomonidan zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanuvchilarga himoya orderi berish, reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi