35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, deputatlar va “mahalla yettiligi” oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. tuman studiyasidan xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov, doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yil 16-iyul kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mahalla institutini rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish va davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, Tashabbusli byudjet loyihalari, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi vazifalar ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy Kengashlar vakolatlari kengaygani, shu bilan birga deputatlar zimmasidagi masʼuliyat ham oshgani taʼkidlandi. Deputatlar faoliyati, avvalo, aholi muammolarining hal etilishi, davlat dasturlari ijrosi hamda islohotlarning amaliy natijalari bilan baholanishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Muhokama yakunida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining “Tashabbusli byudjet”dagi ishtirokini kengaytirish, bandlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish muhimligi ham taʼkidlandi.

Slide 1 of 7