35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
#AHOLI MUROJAATLARI

#AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlariNurafshon shahar Kengashiga 18-“Taraqqiyot” saylov okrugidan saylangan deputat Alim Tursunboev, kotibiyat mudiri K.Umarboev biriktirilgan kotibiyat xodimi N.Jo'raboevalar birgalikda saylangan hududdagi “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

Deputat tomonidan #Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samara-dorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati, #Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati atroflicha o‘rganilib, murojaat o‘ziga biriktirilgan nazorat daftariga kiritildi.

Shuningdek, ichki ko'chalar (pod’yezdlari), yerto‘lalari, judayam yomon holati sabablari va mavjud holatga aniqlik kiritildi. Masalaning qonuniy hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda yechim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3