Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI

🏅 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyat mudiri U.Kuryazov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Egamovlar tomonidan Viloyat transport boshqarmasida oʻrganish ishlari olib borildi.

🔹Oʻrganishlar davomida viloyat ichki va shahar atrofi yoʻnalishlarida aholiga xizmat koʻrsatuvchi norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi:

💻 Platforma orqali monitoring: Avtokorxonalar tomonidan subsidya.mintrans.uz elektron platformasi orqali 2026-yilning yanvar-aprel oylari davomida taqdim etilgan hisobotlar va hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.

💰 Zararlarni qoplash: Taqdim etilgan ushbu hisob-kitoblar asosida, aholi uchun muhim boʻlgan norentabel yoʻnalishlarda koʻrilgan zararlarni qoplab berish uchun subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqildi.

📌 Maqsad: Viloyat aholisi uchun jamoat transporti qatnovlarining uzluksizligini taʼminlash, avtokorxonalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va transport xizmati sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

Slide 1 of 3