Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh.Rashidov tomonidan “O‘rnek” ovul fuqarolar yig‘inida yettilik faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda boshqa muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi.
📋 Nazorat tadbiri davomida 24 ta dolzarb masala bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
🤝 Mazkur o‘rganishlar mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
✍️ Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati