Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

sessiya

#sessiya
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlarining amalga oshirilish jarayonini o‘rganish maqsadida deputatlar joylarda monitoring olib bormoqda.
Jumladan, deputat F.Xatamov tumandagi 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar, turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning borishi bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga, kitobxonlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 4