#24_ta_masala
#DEPUTATLIK_NAZORATI
BANDIXONDA YANGI ISH O‘RINLARI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI LOYIHALAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA
✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda 2-“Bektepa” saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo'ldoshev hududdagi infratuzilma holati va olib borilayotgan o‘rganish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
✅“Bektepa kichik va yoshlar sanoat zonasi”da tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Hududda mebel ishlab chiqarish hamda avtomobillar uchun chexol-pol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ham o‘rganildi.
✅950 million so‘mlik loyiha doirasida sanoat zonasining
1 kilometrlik ichki yo‘llari asfaltlashtirildi. Bu esa transport qatnovini yengillashtirib, logistika va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
⚡️💧 Shuningdek, hududda elektr energiyasi, suv ta’minoti va yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
✅Yaratilayotgan imkoniyatlar yangi ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅Bandixon tumanida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar hudud iqtisodiyoti rivoji va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.