Suhbat jarayonida mazkur hududga investorlarni jalb etish, stadionni zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklash va uni yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga xizmat qiladigan maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslari doirasida mahallalardagi sport maydonlari hamda stadionlar holatini o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich tiklash va bu kabi amaliy ishlarni boshqa mahallalarda ham davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga qiziqtirish hamda mahallada sog‘lom muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.