Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tashabbusi bilan Zomin tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Zomin tuman soliq inspeksiyasi hamkorligida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari va tadbirkorlar ishtikorida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan qulayliklar, berilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan PF–247-son Farmon asosida soliq tizimida joriy etilgan imtiyozlar, yengilliklar hamda ulardan foydalanish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Slide 1 of 4