Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat shifokorlar davrasida: Kasb bayrami muborak!

🟢Bugun, 12-may, Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

🟢Tadbirda Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi deputati B.Yuldoshev hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdilar. Deputat va kotibiyat xodimlari hamshiralarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.

🟢Bu kabi tadbirlarda deputatlarimizning faol ishtirok etishi hamda ularning hamshiralar faoliyatini yuqori baholashi alohida ta'kidlandi.

🟢Hamshiralarimizning xalq salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi ezgu va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog'liq va baxt tilaymiz!

Slide 1 of 5