Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Alisher navoiy" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi

🔴 Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" bilan muloqot qilinib, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida yettilik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar o'rganildi.

🔴Shu bilan birga mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

🔴Davomda mahallada joylashgan Oilaviy shifokorlik punkti xodimlari bilan uchrashuv o'tkazilib, sohada uchrayotgan muammolari va takliflari tinglandi hamda "mahalla yettiligi" tizimining o‘zaro hamkorligi xalq deputatlarining mahalladagi vakillari bilan qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi va mavjud muammolarni hal etishdagi o‘rni tahlil qilindi.

🔴Yakunda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini sifatli ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7