Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

🔴O‘rganishlar davomida xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔴Mahalladagi tadbirkor ayol tomonidan o‘z xonadonida yo‘lga qo‘yilgan pillachilik va issiqxonachilik faoliyati deputatning alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

🔴M.Ashiraliyeva tadbirkorlik sub’ektlaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, xotin-qizlarni kasanachilik va qishloq xo‘jaligi sohasiga kengroq jalb etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

🔴Mahalla yettiligining aholi muammolarini hal etish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔴Bu kabi o‘rganishlar mahallabay ishlash tizimining samaradorligini oshirish bilan birga, hududda xotin-qizlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7