📍Mazkur deputat so‘rovi bo‘yicha deputat hududga chiqib, Aviasozlar 1-mavze hududidagi holatni joyida o‘rganilgan.
O‘rganish jarayonida yo‘laklarda noqonuniy savdo-sotiq holatlari, sanitariya talablariga rioya etilmayotgani hamda fuqarolar tinchligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan shovqin-suron holatlari aniqlangan.
❗️Holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga qonuniy choralar ko‘rish, hududda jamoat tartibini kuchaytirish va doimiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli taklif va murojaatlar bildirildi.