Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi G.Samiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov va mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida tuman Davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligi;
Markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar;
Murojaatchilarning kutish vaqti va xodimlarning muomala madaniyati.
Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.