Xususan, 21-Anorozor saylov okrugi deputati Dilbara Rustamova tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur uchrashuv tibbiyot sohasi yo‘nalishida o‘tkazilib, unda fuqarolarga bepul tibbiy konsultatsiyalar hamda zarur tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari tinglanib, ularning salomatligini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahatlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida bepul tarqatilishi belgilangan dori vositalari bemor fuqarolar xonadonlariga yetkazib berildi.