Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doimiy deputatlik nazoratida
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala atroflich o'rganildi.
янв.21
Deputatlar qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda 🏗
янв.21
Adolat sotsial-demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Otabayeva mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirlayotgan ishlar samaradorligi va aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi
Chinoz tumani. Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov tumandagi "Yollama" hududida joylashgan 63-sonli oilaviy shifokor punktida bo‘lib, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O'rganish davomida tibbiyot muassasasidagi mavjud dori-darmon zaxiralari, ularning saqlanish sharoiti hamda aholiga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar uchun ajratilgan bepul dori vositalarining ro‘yxati va ularning amaldagi ta’minot darajasi tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida soha xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2