Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doimiy deputatlik nazoratida
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala atroflich o'rganildi.
янв.21
Deputatlar qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda 🏗
янв.21
Adolat sotsial-demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Otabayeva mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirlayotgan ishlar samaradorligi va aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
Yoshlar manfaatlari va raqamli tizimlar uyg‘unligida Kengash faoliyati takomillashtirilmoqda

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar manfaatlari va raqamli tizimlar uyg‘unligida Kengash faoliyati takomillashtirilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Uchtepa tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish jarayonlari hamda “E-Kengash” axborot tizimi bilan ishlash holati bilan tanishildi. Mazkur jarayonlar ayniqsa yoshlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda muammolarini tizimli hal etish masalalari bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi.

📝 Jarayon davomida deputatlar murojaatlari, xususan yoshlar tomonidan yo‘llanayotgan taklif va muammolarni qayd etish, ularning ijrosini nazorat qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi hamda amaliy natijadorligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sessiyalarni tashkil etish tartibi, doimiy komissiyalar faoliyati, hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi hamda mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

🔎 Shuningdek Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilib, ayniqsa yoshlar bandligi, ta’lim, startap tashabbuslari va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalar “E-Kengash” tizimi orqali samarali monitoring qilinayotgani ta’kidlandi. Hududlarda aniqlanayotgan muammolarni raqamli platforma orqali tezkor qayd etish va yechimga yo‘naltirish tizimi samaradorligi yuqori baholandi.

🔺 Yakuniy xulosalarga ko‘ra, Uchtepa tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda yuritilishi, qarorlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilib tizimga joylashtirilishi, ayniqsa yoshlar masalalariga oid murojaatlarning tizimli ko‘rib chiqilayotgani qayd etildi. Bu esa deputatlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🖥 Mazkur o‘rganishlar orqali mahalliy Kengashlar faoliyatiga zamonaviy raqamli boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 3