Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputatlik_faoliyati

♻️ Madaniyat maskanlarida sanitar holat va chiqindi masalasi o‘rganildi.

Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev va ishchi guruhi a’zolari tomonidan madaniyat muassasalari hududida #chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida quyidagilar tahlil qilindi:

📍 Chiqindi yig‘ish maydonchalarining holati;

📍 Maxsus texnikalar tomonidan chiqindilarni olib chiqish grafigiga rioya etilishi;

📍 Muassasa hududining umumiy tozaligi va sanitar talablarga javob berishi.

"Madaniyat maskani nafaqat ma’naviyat, balki tozalik va tartib borasida ham namunali bo‘lishi shart," — deya ta’kidlandi o‘rganish davomida. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Slide 1 of 4