“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi to’g’risida.
Tuman Kengashi deputatlari A.Ergashev, A.Ernazarov hamda tumanda fermer xo‘jaliklari rahbarlari,soha mutasaddilari hamda agrar yo‘nalish vakillari ishtirokida qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida, avvalo, g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish,hosildorlikni oshirishda zamonaviy yondashuvlarni keng qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.Bog‘ va tokzorlar orasidan samarali foydalanish,ya’ni qo‘shimcha ekinlarni joylashtirish orqali daromadni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Kun tartibidagi muhim yo‘nalishlardan yana biri - kartoshka ekish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, agrotexnik talablar asosida ishlarni tashkil etish bo‘ldi.Bu borada fermerlarga aniq topshiriqlar berildi.