Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqaro Sh.Dauletovning 2026-yil 1-aprel kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bo‘stonliq murojaatlar va yechimlar” kanali orqali bildirgan murojaati (https://t.me/bostonliqmurojatlari/14392)hamda “Pskom” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkti tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifati hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik holati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati D.Xolmurotov tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda murojaat muallifi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati qoniqarli ahvolda ekanligi, zaruriy dori vositalari zaxirasi mavjudligi aniqlanib, fuqaro va tibbiyot muassasasi xodimlari o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga barham berildi.

Slide 1 of 3