Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#deputatlik_faoliyati

Bahor faslining kirib kelishi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan deputatlar tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Unda tumanda ekologik holat, mavjud yashillik darajasi hamda uni oshirish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Ekologiya bo‘limi rahbari so‘zga chiqib, hududdagi mavjud daraxt va butalar soni, ularning parvarish holati, sug‘orish tizimi hamda bahorgi ko‘chat ekish rejalari haqida ma’lumot berdi. 

Deputatlar tomonidan bahor mavsumida yashillik darajasini oshirish maqsadida qaysi hududlarga ustuvor tartibda ko‘chat ekilishi yuzasidan savollar o‘rtaga tashlandi. 

Xususan, ichki ko‘chalar, bolalar maydonchalari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlari, qabriston va ziyoratgohlar atrofi, shuningdek, foydalanilmayotgan bo‘sh yer maydonlarida manzilli ko‘chat ekish ishlari olib borish taklif etildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1