Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Haftalik ish rejasi”ga muvofiq, Kengash raisi, deputat X.Z.Kayumov “Yuksalish” MFY hududida o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi”ga muvofiq, Kengash raisi, deputat X.Z.Kayumov “Yuksalish” MFY hududida joylashgan 263-umumta’lim maktab ma’muriyati tomonidan uning moddiy texnika bazasini yangilash to‘g‘risidagi murojaati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

O‘rganish tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-sonli Farmoni, 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-393-son qarori, ijrosi yuzasidan 263-sonli maktabda o‘qituvchilari pedagogik jamoasi tomonidan amalga oshirilib kelayotgan ishlar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. 

Shuningdek, maktabda yoshlarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida musiqa, sport bilan shug‘ullanishi uchun musiqa anjomlari mavjudligi, musiqa, sport jihozlarining holati, mavjud to‘garaklarni xar birini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyati, bu yo‘nalishda e’tibordan tushib qolayotgan, biroq dolzarb bo‘lgan yechimini kutib turgan masalalar to‘g‘risida batafsil suhbat olib bordi.

Suhbat davomida deputat X.Z.Kayumov xalq deputatlar Mirobod tuman Kengashining 21-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Suhbat jarayonlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xamdamov qatnashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 6