Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi

Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi

"Oqostona" MFY hududidagi "Nurli hayot" ko‘chasida istiqomat qiluvchi oqsoqol-nuroniylar va hoji otalar tomonidan ajoyib tashabbusga qo‘l urildi.

Mazkur ko‘cha faollari o‘z mablag‘lari hisobidan qatnov qismining chetida 300 metr masofaga piyodalar yo‘lakchasi hamda suv yo‘llarini (ariqlarni) betonlashtirish ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu xayrli amal qishloq infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Azamjon Kamolov mazkur jarayon bilan yaqindan tanishdi. Deputat nuroniylarning bu kabi fidoyiligini alohida e’tirof etib, mahalla obodligiga qo‘shilayotgan hissa uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Slide 1 of 1