2026-yilning 11-mart kuni Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov, tuman prokurori B.Abdullayev va tuman IIOFMB boshlig‘i U. Nasritdinov ishtirokida “A.Avloniy” mahallasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning moddiy yordam, aliment, subsidiya asosida uy-joy olish, salomatligini tiklash, mahallani obodonlashtirish, sud-huquq tizimi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Qabulda xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashiga 3-Avloniy saylov okrugidan saylangan deputat A.A.Karimov ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.