Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Har payshanba – “Yoshlar kuni”

Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar kuni” doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.

Ma’lumki, 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishi ta’kidlandi. Mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan “Uch avlod” uchrashuvi jamiyatda avlodlar davomiyligini mustahkamlash, faxriylar, bugungi faol avlod va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Vasila Fayziyeva, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev, Mirobod tuman Kengashi deputatlari Shaayyub Abdullayev, Rohat Turdiyevalar, Yashnobod tuman Kengashi deputatlari Rustam Safarov, Ibrohim Raslulovlar, “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Sultonov, Toshkent shahar Faxriylar Kengashi raisi Gulmurad Xushvakov, rais o‘rinbosari Ulug‘bek Zufarov, Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi mas’ullari, Toshkent harbiy prokurori, Adliya polkovnigi Odiljon O‘sarov, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, uch avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, boy hayotiy tajriba va tavsiyalar ulashildi. Mazkur tadbir “Yoshlar kuni” doirasida joylarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasi sifatida yoshlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 3