Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Xalq vakili sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 18-“Qumariq” saylov okrugi deputati Zoirjon Nizomov Nishonovich hududning iqtisodiy drayverlaridan biri bo‘lgan sement ishlab chiqarish zavodida bo‘ldi. Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
korxonaning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan ish o‘rinlari va eng muhimi, ekologik me’yorlarga amal qilinishi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
 

Tashrif davomida deputat zavodning texnologik jarayonlari, mahsulot sifati va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy sharoitlar va xavfsizlik texnikasiga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Mas'ullar bilan “Sanoat korxonalarining rivojlanishi — tumanimiz iqtisodiyoti va yangi ish o‘rinlari demakdir. Biroq, taraqqiyot bilan birga aholi salomatligi va atrof-muhit musaffoligini saqlash bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi,” — deb ta’kidladi deputat suhbat jarayonida. 

Muloqot yakunida korxonada chang yutish filtrlari samaradorligini oshirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tegishli
tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4