Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Deputatlik nazorati o‘tkazildi.
KENGASH RAISI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI VA ISHSIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

 Oltinsoy tumanida ishsizyoshlarniqo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv Tog‘ay Murod mahallasida joylashgan “Oltinsoy Biznes Magnat” MChJ hududida o‘tkazilib, unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i J. Najmitdinov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarga limonchilikka ixtisoslashgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

Shu bilan birga, yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga jalb etish, o‘z biznesini tashkil etish orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. 

Mutasaddilar tomonidan yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 8