Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
Hudud deputati mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Zomin tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev va Kengash kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla va jamoatchilik faoliyatini o‘rganib, quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi:

Hokim yordamchisi faoliyati 

❕Mahalla va aholi bilan ishlashning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. 

❕Fuqarolarning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish mexanizmlari o‘rganildi. 

❕Mahallaning kunlik faoliyati va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash tartibi tahlil qilindi. 

Ijtimoiy hodim faoliyati 

❕Aholi bilan bevosita muloqot, maslahatlar berish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari o‘rganildi. 

❕Yoshlar, keksalar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam turlari muhokama qilindi. 

❕Ijtimoiy tadbirlar va loyihalarni samarali tashkil etish tajribalari muhokama qilindi.

❗️Deputat mahalla xodimlariga mas’ul shaxslar har qanday sharoitda fuqarolar bilan muloqotda yuqori madaniyatni saqlashlari kerakligini tushuntirdi. Shu munosabat bilan quyidagi tavsiyalar beriladi:

✅ Har bir fuqaroni hurmat bilan tinglash, samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish.

✅ Salbiy yoki provokatsion holatlar bo‘lsa ham hissiyotlarga berilmasdan, muloyimlikni saqlash.

✅ Qabul qilingan qarorlar, jarayonlar va yo‘l qo‘yilgan chora-tadbirlar haqida aniq, tushunarli va shaffof ma’lumot berish.

✅ Fuqarolar bilan suhbatni muammo va yechimga qaratilgan shaklda olib borish, shikoyat o‘rniga takliflarni muhokama qilish.

✅ Har bir murojaatni qayd qilib borish, murakkab masalalarda mutaxassislar bilan birgalikda yechim topish.

Ushbu tavsiyalar deputatlar va mahalla faollari uchun muloqotning sifatini oshirish, fuqarolar bilan samarali va madaniyatli ishlashni ta’minlashga qaratilgan. 

Deputat mahalla jamoasi bilan suhbatlashib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada sifatli va tezkor qilish bo'yicha takliflarni eshitdi.

Slide 1 of 3