Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
Mahallada saylovchilar murojaati batafsil o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati A.Ishnazarov Paxtakor mahallasida saylovchilar murojaati bo'yicha o'rganish olib bordi. 

Uchrashuv va muloqotlar davomida saylovchilar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligiga oid muhim taklif ilgari surildi.

Xususan, (Dashtabod-Jizzax) serqatnov yo‘l yoqalariga zarur yo‘l belgilari (piyodalar o‘tish joyi, tezlikni cheklash, ogohlantiruvchi belgilar)ni o‘rnatish bo‘yicha murojaat bildirildi.

Aholining ta’kidlashicha, ayrim hududlarda yo‘l belgilarining yetishmasligi sababli haydovchilar tomonidan tezlik me’yorlariga to‘liq rioya etilmayapti. Bu esa ayniqsa bolalar, keksalar va piyodalar uchun noqulaylik va xavf tug‘dirmoqda.

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi, mavjud holat tahlil qilindi hamda ushbu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasmiy taklif va so‘rovlar yuboriladi.

Slide 1 of 3