Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?

Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga ko‘ra, mahalladagi hokim yordamchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash.

Har oy kamida 10 nafar ishsiz fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi belgilangan.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kredit hamda subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish.

Har chorakda kredit yoki subsidiya olgan fuqarolar faoliyatini joyiga borib o‘rganib, ularning daromadli faoliyat yuritishiga yordam berishi kerak.

O‘zini o‘zi band qilgan va tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishini aniqlash hamda ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish.

Har chorakda kamida 5 nafar fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga yordam berish vazifasi yuklatilgan.

 Aholiga ijara asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar hamda yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritish, shuningdek dehqon xo‘jaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish.

 Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantirish hamda loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish.

Mahalladagi bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish.

 Mahalladagi kam ta’minlangan oilalar uchun individual dastur ishlab chiqish va ularning daromadini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash

Slide 1 of 1