Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining deputati N.Choshanbiyeva tomonidan Aeroport mahallasi yettiligi faoliyati o'rganildi. 

"Мahalla yettiligi" faoliyati va mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil etildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish, ta’lim olish va har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish, xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlik qoidalarini, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sportni ommalashtirish, ularni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka jalb etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish, xotin-qizlar masalalalari bo‘yicha mahalladagi “yettilik” bilan ish olib borish, mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar manzilli tahlil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda ushbu hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3