Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Shahrisabz tumanida 22 ta ehtiyojmand oilaning xonadoni zamonaviy va energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi!

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlandi.

✅ Kimlarga yordam beriladi?

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan, davlat ta’minotidagi I guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 22 ta ehtiyojmand oila.

💰 Moliyalashtirish:

Ushbu oilalarning xonadonlarini energiya tejamkor usulda ta’mirlash uchun “Ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan jami

1 297 800 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

📍 Yordam miqdori:

🔹 Ko‘p kvartirali uylar uchun — BHMning 75 baravari (30,9 mln so‘m);

🔹 Yakka tartibdagi uy-joylar uchun — BHMning 150 baravari (61,8 mln so‘m).

Ushbu loyiha nafaqat xonadonlarni obod qilish, balki qish mavsumida issiqlikni saqlash va energiya resurslarini tejash orqali oilaviy budjetga ham ko‘mak bo‘ladi.

Slide 1 of 4