Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tomorqa — daromad manbai

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi deputati Farida Yallaqodirova, O‘zLiDeP tuman Kengashi vakillari hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Primov ishtirokida "Qumqishloq" MFYda joylashgan aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, namunali tomorqa egalari tomonidan tashkil etilgan issiqxonalar (parniklar) ko‘zdan kechirilib, ularning ish tajribasi va daromad ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bu kabi muloqotlar aholining yerga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1