Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
A. Eshboyev hamda Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripovlar hamkorlikda deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
 

Nazorat tadbiri doirasida “Katta Vaxshivor” mahallasida joylashgan tuman tez tibbiy yordam bo‘limining “Vaxshivor-103” tayanch punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, uning o‘z vaqtida yetkazilishi hamda mavjud shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 7