🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔻Kun tartibidagi masalalar:
🔸1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini taʼminlash to‘g‘risida.
🔸2. Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.