Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududlarda bunyodkorlik ishlari — deputatlik nazoratida!
янв.21
💠O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Deputat aholi muammolarini o‘rganib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Qurbonboy Nishonov Bog'ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Ehtiyojmand fuqarolarning turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari o‘rganildi.

Deputat, avvalo, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar yashayotgan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbatlar jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi.

Aniqlanishicha, ayrim oilalarda moddiy yordamga ehtiyoj, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda ijtimoiy nafaqalar bilan bog‘liq masalalar mavjud. Ushbu muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3