Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat 123-maktab kutubxonasini o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova o‘z hududidagi 123-maktab kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun ajratilgan o‘qish joylari hamda zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Kutubxonani yanada boyitish, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan kutubxona faoliyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2