Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Oqdaryo” MFYda gaz ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Baratov Amiriddin Abdinobiyevich o‘z saylovchilari bilan doimiy muloqot tizimi doirasida “Oqdaryo” MFY aholisidan kelib tushgan murojaatni atroflicha o‘rgandi.

Mahalla ahli tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammo — hududni markazlashgan tabiiy gaz tarmog‘iga ulash va aholi xonadonlarini uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlashdan iborat. Ushbu masalani qonuniy va amaliy jihatdan hal etish maqsadida, deputat tomonidan tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbariyatiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1