Yangiliklar

Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Quldoshev tomonidan Duoba mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal qilindi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

📌 Deputatlar sayyor qabullari davom etmoqda.

Slide 1 of 3