Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi 🏛
янв.21
Amudaryo tumanida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar deputatlik nazoratiga olindi 📚🏗
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi 📚
янв.21
Amudaryo tumanidagi 30-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat so'rovi ijobiy hal qilinmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot
янв.21
Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘l masalasi deputat nazoratida!
янв.21
Mahalla tizimida samarali hamkorlik — taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlarning navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi

Deputatlarning navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi

Paxtakor tumanidagi 12-sonli umumta'lim maktabida tuman Kengashi deputatlari Andayev Axmad Rustamovich va Safarov Usmanali Yangiboyevich hamda kotibiyat mudiri Mamanova Karomat Xolmanovna "Paxtakor" mahallasi fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolarning ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek hududni obodonlashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Deputatlar har bir murojaatni alohida qayd etib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilashlarini ma’lum qildi. 

Uchrashuvda ayrim muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritilishi, mas’ul idoralarga rasmiy murojaatlar yuborilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7